Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev imtiyozlar samaradorligi tahlili boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi

Yigʻilish davomida soliq va bojxona imtiyozlarini xatlovdan oʻtkazib, samarasizlarini bekor qilish, xorijiy va mahalliy investorlar uchun berilgan imtiyozlarni bir xillashtirish zarurligi taʼkidlandi.

Shavkat Mirziyoyev imtiyozlar samaradorligi tahlili boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yilda Oʻzbekistonda 51 trillion soʻmlik imtiyozlar joriy etilgan. Natijada 170 mingta yangi tadbirkorlik subyekti ochilib, 500 mingdan ziyod ish oʻrni yaratilgan. Oxirgi olti yilda birgina soliq sohasida 1,4 mingga yaqin imtiyozlar taqdim etilgan.

Joylarda imtiyozlardan samarasiz yoki maqsadsiz foydalanish holatlari ham uchrab turibdi. Davlat byudjetidan 127 turdagi subsidiyalar joriy etilgan boʻlsa-da, amalda ularning 15 tasidan foydalanilmayapti.

Shundan kelib chiqib, Bosh vazir oʻrinbosari va moliya vaziriga barcha imtiyoz va subsidiyalarning natijadorligi koʻrsatkichlarini belgilab, ulardan samarali foydalanish boʻyicha qatʼiy nazorat tizimini joriy etish topshirildi.

Bundan tashqari, hisob palatasida monitoring boʻlimi tashkil etilib, imtiyozlar samaradorligini doimiy tahlil qilib borish vazifasi qoʻyildi.

Maʼlumot uchun, Eng koʻp imtiyoz QQS boʻyicha qoʻllangan: DSQ soliq imtiyozlari boʻyicha navbatdagi maʼlumotlarni ochiqlagan.