Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri hokimi Otabek Nosirovning uzoq muddati uchun oʻziga oʻzi 30 foiz miqdorida lavozim maoshiga nisbatan har oylik ustama belgilash toʻgʻrisidagi qarori bekor qilindi.
Sirdaryo viloyati axborot xizmatining maʼlum qilishicha, mazkur farmoyishning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan viloyat hokimligi va adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻrganish oʻtkazilgan.
Oʻrganish natijalariga koʻra, Yangiyer shahri hokimining oʻziga oʻzi har oyligiga ustama haqi belgilash toʻgʻrisidagi qarori bekor qilindi.
Shuningdek, xizmat vazifasiga masʼuliyasizlik bilan yondashib, qonunbuzilishiga yoʻl qoʻygan masʼul xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishi belgilandi.
Avvalroq Yangiyer shahri hokimi oʻziga oʻzi har oylik ustama belgilagani haqida xabar qilingandi.


