Belarus hukumati ichki bozordagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini barqaror ushlab turish maqsadida bir qator mahsulotlarga eksportiga cheklov oʻrnatdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mamlakatdagi goʻsht-sut sanoatining yettita yirik ishlab chiqaruvchilariga mahsulotlarini chet elga eksport qilishda cheklovlar joriy qilindi. Unga koʻra, tuxum, sut va tovuq goʻshti mahsulotlarini Rossiyaga olib chiqish taʼqiqlandi.
Belarus hukumati bu orqali mamlakatdagi ichki oziq-ovqat narxlarini barqaror ushlab turishga harakat qilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, Belarus Rossiyaga yiliga 120−140 ming tonna parranda goʻshti import qiladi. Eksport taqiqi natijasida 2022 yil oxirigacha Belarusdan Rossiya bozoriga yetkazib berish hajmi 30 ming tonnagacha kamayishi mumkin. Shuningdek, mutaxassislarning fikricha, ushbu qaror ichki bozordagi talabni qondirish tufayli qabul qilingan boʻlishi mumkin.
Avvalrok Belarusda 6 oktyabrdan boshlab narxlarni oshirish taqiqlangani haqida xabar qilingandi.


