Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Jismoniy shaxslarga mikroqarz yoki kreditlarni soʻndirishda imtiyoz beriladi

Kiritilayotgan oʻzgarishga koʻra, jismoniy shaxslarning mikroqarz yoki kreditlari boʻyicha birinchi navbatda asosiy qarzning qaytarilishi va qarz yukini kamaytirishga yordam beradi

Foto: Nuz.uz

Markaziy bank tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 248-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisidagi qaror loyihasi joylashtirildi.

Unda qayd etilishicha, amalga oshirilgan toʻlov summasi pul majburiyatini batamom bajarish uchun yetarli boʻlmaganida, boshqa kelishuv boʻlmasa, u eng avvalo kreditorning ijroni olishga qaratilgan chiqimlarini, soʻngra foizlarni, uning qolgan qismi esa qarzning asosiy summasini uzadi. Keltirilishicha, mazkur moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan xollar bundan mustasnodir.

Hujjatga asosan, jismoniy shaxslarga ajratilgan mikroqarz yoki kredit (tadbirkorlik faoliyati uchun ajratilgan kreditlar bundan mustasno) boʻyicha amalga oshirilgan toʻlov summasi, agar qarz oluvchining majburiyatlarini bajarish uchun yetarli boʻlmasa, qarz oluvchining qarzi quyidagi tartibda soʻndiriladi:

  • asosiy qarz boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikni;
  • muddati oʻtgan foiz toʻlovlarini;
  • joriy davr uchun asosiy qarz boʻyicha qarzdorlikni;
  • joriy davr uchun hisoblangan foizlarni;
  • jarima;
  • qarzdorlikni qaytarish bilan bogʻliq kreditorning boshqa xarajatlari yordamida soʻndiriladi.