“Qishloq qurilish bank” vakillari 2022 yilning 1-4 may kunlari Misrda Islom taraqqiyot banki guruhi vakillarining 47-yillik konferensiyasida qatnashdi. Bu haqda bank axborot xizmati Kommers.uzʻga xabar berdi.
Konfenrensiya davomida “Qishloq qurilish bank” vakillari tomonidan Islom taraqqiyot banki guruhi aʼzolari boʻlgan Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi (XSRIK), Xalqaro savdoni moliyalashtirish islom korporatsiyasi (XSMIK), Islom taraqqiyot bank (ITB) vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, islom moliyasi tamoyillari asosidagi umumiy qiymati 65 million dollar miqdoridagi liniyalarini moliyalashtirish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Jumladan, “Qishloq qurilish bank” hamda XSRIK koʻp yildan buyon hamkorlikda ishlab kelmoqda. Bugungi kunga qadar investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 36 million dollar miqdoridagi liniya mablagʻlari oʻzlashtirilgan. Ayni paytda ushbu korporatsiyaning 15 million dollar miqdoridagi koronavirus pandemiyasi davrida tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadidagi 3 yillik liniyasi doirasida mijozlarga murobaha asosida moliyalashtirish taklif etilmoqda.

Shuningdek, konferensiya doirasida oʻtkazilgan muzokaralar natijasida 2022 yil uchun 50 millionmiqdoridagi 5 yillik yangi moliyalashtirish liniyasini jalb qilish yuzasidan kelishib olindi.
Bank tomonidan XSMIK bilan aloqalar 2021 yilda oʻrnatilgan. Savdo va aylanma mablagʻlar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan 10 million dollar miqdoridagi 1 yillik moliyalashtirish liniyasi mablagʻlari toʻliq oʻzlashtirilgan boʻlib, hozirgi vaqtda ushbu kelishuv doirasida qaytarilgan mablagʻlarni revolver shaklda qayta joylashtirib kelinmoqda.
Ushbu liniya moliyaviy resurslariga mavjud talabdan kelib chiqib, konferensiya doirasida XSMIK vakillari bilan 2022 yil uchun 15 million dollar miqdorida yangi moliyalashtirish liniyasi ochish boʻyicha dastlabki kelishuvlar amalga oshirildi.
Bundan tashqari, konferensiya davomida Islom taraqqiyot banki, Buyuk Britaniyaning HSBC banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki instituti (ITBI) vakillari bilan ham uchrashuvlar tashkil etildi. Ularda kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, xodimlar malakasini oshirish, dasturiy taʼminotlar yaratish yuzasidan muzokaralar oʻtkazildi.
Reklama


