Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Toshkentda Xitoyning Shinjon mahsulotlari koʻrgazmasi boshlandi

Tadbirning asosiy maqsadi — Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish.

Bugun, 21 oktyabr kuni “Anhor Lokomotiv” bogʻi hududida kuz mavsumining eng yirik xalqaro tadbirlaridan biri — “Oʻzbekiston–Xitoy: 14-Shinjon mahsulotlari koʻrgazmasi”ning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Koʻrgazma Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi koʻmagida hamda Xitoy Xalqaro savdoni rivojlantirish kengashining (SSPIT) Shinjon vakolatxonasi tomonidan tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, kichik va oʻrta biznes vakillariga Sinszyan-Uygʻur avtonom rayonida ishlab chiqarilgan mahsulotlar, texnologiyalar va uskunalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratish, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishdan iborat.

Koʻrgazma doirasida agrosanoat, maishiy texnika, IT, konsalting, tibbiyot sanoati, oziq-ovqat va ichimliklar, choy ishlab chiqarish, qurilish, toʻqimachilik va kimyo sanoati, logistika va energetika sohalaridagi yetakchi Xitoy kompaniyalarining stendlari namoyish etilmoqda.

Ishtirokchilar orasida Bingtian (Xinjiang) Intelligent Technology Co., Ltd, Xinjiang Poplar Cable Manufacturing Co., Ltd, Xinjiang Oulite Wire Mesh Co., Ltd kabi yirik ishlab chiqaruvchilar ham bor.

Tadbir doirasida Oʻzbekiston va Xitoy tadbirkorlari yangi aloqalar oʻrnatishga, kelgusidagi hamkorlikning amaliy jihatlarini muhokama qilishga muvaffaq boʻladilar. Shuningdek, ochilish marosimi doirasida bir qator kelishuvlarga erishilib,  hamkorlik memorandumlarini imzolash yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Koʻrgazma  23 oktyabr kuniga qadar davom etadi.