Avvalroq milliy valyuta — “Soʻm ramzi”ni ishlab chiqish boʻyicha oʻtkazilgan tanlov gʻolibi eʼlon qilindi. Unda Sarvar Jumagaldiyev taqdim etgan variant gʻolib sifatida tanlab olindi.
Kommers.uz kuzatuvlariga koʻra, milliy valyuta ramziga aylanishi kutilayotgan belgi dizayni koʻchirilgan boʻlib chiqdi.
Fransiyadagi IN-CORE Systèmes kompaniyasining logotipi ham aynan shu koʻrinishga ega.
Sarvar Jumagaldiyevning ushbu grafik belgisi 508 ta ijodiy loyiha orasidan tanlab olingan.
IN-CORE Systèmes kompaniyasi faoliyati bilan uning rasmiy sayti orqali tanishish mumkin.


