Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 14,65 soʻmga koʻtarilib, 10 ming 994,67 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 14,65 soʻmga koʻtarilib, 10 ming 994,67 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 11 ming 752,20 soʻmga baholanib, 26,07 soʻmga tushdi.
Shuningdek, 1 rubl 178,70 soʻm etib belgilanib, 0,64 soʻmga pasaydi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 3 iyun, juma kunidan kuchga kiradi.


