Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Daniya Rossiya gazi uchun rublda toʻlov qilishdan bosh tortdi

“Gazprom Eksport” Daniyadan gaz yetkazib berish uchun rublda toʻlashni talab qilishda davom etmoqda.

Foto: TASS

Daniyaning Orsted energetika kompaniyasi yangi tizim boʻyicha Rossiya gazi uchun rublda toʻlov qilishdan bosh tortdi, shu munosabat bilan yaqin kelajakda importni toʻxtatadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati maʼlum qildi.

“Gazprom Eksport” Orstedʻdan gaz yetkazib berish uchun rublda toʻlashni talab qilishda davom etmoqda.

“Shartnoma boʻyicha bizda bu borada hech qanday qonuniy majburiyat yoʻq va biz ʻGazprom Eksportʻni rublda toʻlov qilmasligimiz haqida bir necha bor ogohlantirganmiz”, deyiladi xabarda.

Toʻlovning oxirgi muddati — 31 may. Shundan soʻng Orsted gaz Rossiya gazi uchun yevroda toʻlashni davom ettiradi.

Shu sababli, “Gazprom Eksport” Orstedʻga gaz yetkazib berishni toʻxtatish xavfi mavjud. Orsted fikricha, bu shartnomani buzish boʻlardi. Agar yetkazib berish toʻxtatilsa, Orsted etishmayotgan hajmlarni kompensatsiya qilishi mumkin.

“Gazprom”ning Daniya bilan hamkorligi 2006 yilda, “Shimoliy oqim” gaz quvuri orqali tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha kelishuv imzolangandan soʻng boshlangan boʻlib, u mahalliy Dong Naturgas A/S (hozirda Orsted) kompaniyasi tomonidan 20 yil davomida Rossiya gazini sotib olishning asosiy shartlarini belgilab berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 2011 yil 8 noyabrda mazkur liniyaning birinchi liniyasi ishga tushirilishi bilan yetkazib berish boshlangan. Daniya Rossiyadan yiliga 1,9 milliard kub metrga yaqin gaz sotib oladi.

Avvalroq Polsha Rossiya gaxi uchun rublda pul toʻlamoqchi emasligi maʼlum boʻldi. Bunga javoban “Gazprom” Bolgariyaning “Bulgargaz” va Polshaning PGNiG kompaniyalariga gaz yetkazib berishni hisob-kitob rublda amalga oshirilmagani uchun toʻliq toʻxtatdi. Mamlakat 21 may kuni Finlyandiyaga ham gaz yetkazib berish ishlarini yakunlagan.

Eslatib oʻtamiz, 23 mart kuni Prezident Putin Rossiya gazining Yevropa va boshqa “doʻst boʻlmagan davlatlar”ga yetkazib berilishi uchun toʻlovlarni rublga oʻtkazish boʻyicha koʻrsatma berdi. 

Oy oxirida u 1 apreldan kuchga kirgan ushbu davlatlar bilan hisob-kitoblarning yangi qoidalarini belgilovchi farmonni imzoladi.