Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

“Jahondagi vaziyat Oʻzbekistonda inflyatsiya darajasining ortishiga olib keladi” — Fitch Ratings

Oʻzbekistonning real iqtisodiy oʻsish surʼati 2022 yil 3,1 foizni tashkil qiladi. 

Foto: Fitch Ratings

Jahonda yuzaga kelgan vaziyat Oʻzbekistonda inflyatsiya darajasining ortishiga olib keladi. Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi Oʻzbekistonning suveren kredit reytingi boʻyicha navbatdagi hisobotini chop etdi.

Hisobotga koʻra, Oʻzbekiston suveren kredit reytingining bahosi VV- (barqaror kutilma) darajada tasdiqlandi. Qayd etilishicha, jahonda yuzaga kelgan vaziyat Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsishning pasayishiga, 2022–2023 yillarda joriy operatsiyalar hisobi defitsiti va inflyatsiya darajasining ortishiga olib keladi. 

Agentlikning yangilangan prognoziga koʻra, 2022 yilda Oʻzbekistonning real iqtisodiy oʻsish surʼati 3,1 foizni tashkil qiladi. 

Mazkur prognoz pul oʻtkazmalari kamayishi tufayli uy xoʻjaliklari isteʼmolining kamayishi, investitsiya loyihalarining kechikishi, tashqi qarz jalb qilish shartlarining qatʼiylashishi, valyutaning koʻproq qadrsizlanishi va yuqoriroq inflyatsiya kutilmalari bilan izohlangan.