Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

Chernobil AESga elektr taʼminoti qayta tiklandi

Chernobil AESning quvvatsizlanishi 9 mart kuni maʼlum boʻlgandi.

Foto: Getty Images

Ukrainadagi Chernobil AESga elektr taʼminoti qayta tiklandi. Bu haqda mamlakat energetika vaziri German Galushenko maʼlum qildi.

“Bugun ʻUkrenergoʻ MEK mutaxassislari, atom olimlarimiz va elektriklarimizning ajoyib saʼy-harakatlari tufayli Chernobil AESning elektr taʼminotini tiklandi”, — deb yozdi German Galushenko.

Chernobil AESning quvvatsizlanishi 9 mart kuni maʼlum boʻldi. Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba zaxira dizel generatorlari stansiya va uning obyektlarini 48 soat davomida quvvat bilan taʼminlashini, shundan soʻng foydalanilgan yadro yoqilgʻisini saqlashni sovutish tizimi oʻchishi, bu esa radiatsiya oqib chiqishiga tahdid solishini taʼkidladi.

Ertasi kuni Rossiya tomoni Chernobil AESni elektr energiyasi bilan taʼminlash Belarus tomonidan amalga oshirilganini eʼlon qildi.