Toshkentdan Rossiyaning Mineralniye Vodi shahriga qoʻshimcha aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2022 yil 27 fevraldan boshlab yoʻlovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan yakshanba kunlari Toshkent–Mineralniye Vodi–Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi.
Qayd etilishicha, parvozlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
- Toshkentdan uchish: 04:00 (Toshkent vaqti bilan);
- Mineralniye Vodiga yetib borish: 05:30 (Moskva vaqti bilan);
- Mineralniye Vodidan uchish: 07:00 (Moskva vaqti bilan);
- Toshkentga yetib borish: 12:00 (Toshkent vaqti bilan).
Toshkent–Mineralniye Vodi yoʻnalishida aviachipta 4 million 172 ming 794 soʻmdan, Toshkent–Mineralniye Vodi–Toshkent yoʻnalishidagi aviachiptalar esa 5 million 280 ming 468 soʻmdan boshlanadi. Narxlar 25 fevral holatiga koʻra amal qiladi.
Avvalroq Uzbekistan Airways Moskvaga qoʻshimcha aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyishi xabar qilingandi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Toshkent–Moʻynoq–Nukus aviaqatnovi yoʻlga qoʻyilishini aytgani haqida xabar berildi.


