Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

Britaniya badavlat migrantlar uchun moʻljallangan “oltin viza” dasturini yopdi

“Qoidalar boʻyicha oʻynashni” istaganlar “innovator vizasi”ni olishi mumkin boʻladi.

Foto: “londondaily.com”

Buyuk Britaniya barcha millatlarga mansub yangi murojaat etuvchilar uchun Buyuk Britaniyaga investitsiya vizasi dasturini bekor qildi. Bu haqda hukumat veb-saytida maʼlum qilingan.

Qayd etilishicha, mamlakat iqtisodiyotiga kamida 2 million funt sterling (2,7 million dollar) sarmoya kiritganlar uchun “oltin viza” berish dasturi yopilgan. Bunga noqonuniy yoʻllar bilan qoʻlga kiritilgan pullar qirollik moliya tizimiga “quyilish”idan qoʻrqish sabab boʻlgan.

Aniqlik kiritilishicha, Britaniya rasmiylari suiisteʼmollikni kamaytirish maqsadida dasturni isloh qilish boʻyicha ishlarni amalga oshirgan, ammo Ichki ishlar vazirligi baribir uni yopishga qaror qilgan.

“Bu firibgarlik va noqonuniy moliyaviy oqimlarga qarshi kurashimizning boshlanishi, xolos”, — deydi Britaniya ichki ishlar vaziri Priti Patel.

Qaror tizimdan suiisteʼmol qilmoqchi boʻlganlarga qarshi qabul qilingan. Shu bilan birga, Buyuk Britaniyaga kelishni va “qoidalar boʻyicha oʻynashni” istaganlar “innovator vizasi” olishi mumkin boʻladi.

Amaldagi mexanizmga koʻra, Buyuk Britaniyada innovatsion biznes yaratishni rejalashtirgan va kamida 50 ming funt sterling (68 ming dollar) investitsiya qilishni rejalashtirgan shaxs “innovator vizasi”ni olishi mumkin.

Avvalroq