Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Oʻzbekiston dehqon bozorlaridagi minimal-maksimal narxlar maʼlum qilindi

Oʻsimlik yogʻining 1 litri 13 ming 600 soʻmdan 24 ming soʻmgacha sotilgan.

Foto: “Zelyoniy bazar”

Oʻzbekiston Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari eʼlon qilindi.

Maʼlum boʻlishicha, 2022 yil 16 fevral holatiga bozorlarda alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari quyidagi narxlarda sotilgan:

  • suyakli mol goʻshti (1 kilogramm) — 45 ming–68 ming soʻm;
  • qoʻy goʻshti (1 kilogramm) — 54 ming–80 ming soʻm;
  • kartoshka (1 kilogramm) — 3500–7000 soʻm;
  • piyoz (1 kilogramm) — 1500–4500 soʻm;
  • sabzi (1 kilogramm) — 1000–5000 soʻm;
  • tuxum (10 dona) — 6000–14 ming soʻm;
  • guruch (1 kilogramm) — 5000–17 ming 500 soʻm;
  • oʻsimlik yogʻi (1 litr) — 13 ming 600–24 ming soʻm;
  • shakar (1 kilogramm) — 7900–10 ming 500 soʻm.

Avvalroq Qoʻyliq va Chorsu bozorlariga asosan qaysi mahsulotlar keltirilayotgani xabar qilingandi. Shuningdek, Oʻzbekistonda 2022 yil 30 ta bozor va savdo komplekslari tashkil etilishi haqida xabar berildi.