Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

“Oʻzavtosanoat”ning 3 ta korxonasi sotuvga chiqariladi

Shavkat Mirziyoyev mashinasozlik tarmogʻining sanoat klasteri usulida rivojlantirilishini aytdi.

Foto: “Oʻzavtosanoat”

“Oʻzavtosanoat”ning 3 ta korxonasi sotuvga chiqariladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev huzuridagi mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va 2022 yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda maʼlum qilindi.

“Endi mashinasozlik tarmogʻini sanoat klasteri usulida rivojlantiramiz. Bunga uchun yetarli imkoniyat va salohiyatimiz bor”, — degan Prezident.

Buning uchun, avvalambor, ilm-fanga asoslanib, “injiniring–butlovchi qismlar–tayyor mahsulot–savdo va servis” yaxlit zanjirini yaratish kerak. Bunda:

  • 8 ta yirik mashinasozlik korxonasi (yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar, qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqaruvchilar);
  • butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi 300 dan ziyod korxona;
  • moliya, logistika, ichki va tashqi bozorlardagi savdo va servis tarmogʻi;
  • Turin politexnika va Andijon mashinasozlik institutlari faoliyatini qamrab olish zarur.

Buning natijasida Milliy mashinasozlik klasteri tashkil etiladi. Ikki oy muddatda ushbu klasterni tashkil etish dasturini kiritish topshirilgan. Klasterga xorijiy investorlar va xususiy sektorni jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratiladi.

Bu borada 1 iyulga qadar “Oʻzavtosanoat”ning 3 ta korxonasini sotuvga chiqarishga koʻrsatma berilgan.

Avvalroq Oʻzbekistonda avtomobillar uchun “rastamojka” 2 baravarga pasaytirilishi xabar qilingandi. Shuningdek, UzAuto Motors avtomobillari uchun oldindan toʻlov miqdori pasaytirilishi haqida xabar berildi.