AQSH Ichki xavfsizlik departamentining Fan va texnologiyalar boshqarmasi mamlakat janubiy chegarasida toʻrt oyoqli robot-itlardan foydalanish holatini koʻrib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, odamlar ishlashi qiyin boʻlgan hududlar — harorat haddan tashqari issiq boʻlgan togʻlar va choʻllarni patrul qilishda robot-itlar qoʻllanishi mumkin.
Ushbu robotlarning vazifasi patrullik qilishdir. Biroq, ishlab chiqaruvchi kompaniya Ghost Robots avvalroq ularni SWORD International 6,5 mm uchuvchisiz maxsus maqsadli miltiq bilan jihozlagan. Robot-it ishlab chiqaruvchining fikriga koʻra, 1200 metr masofaga yuqori aniqlik bilan oʻq uza oladi.
Robotlarni ishga tushirish sanasi hali aniq emas, ammo tungi koʻrish moslamalari bilan jihozlangan robotlarning dala sinovlari allaqachon olib borilmoqda. Ular ochiq joylarda va turar-joy binolarini aks ettirgan ssenariylarda patrullik qilish bilan shugʻullanmoqda.
Ghost Robots vakilining qayd etishicha, robot-itlarni sotib olish boʻyicha soʻrovlar Xitoy va Rossiyadan ham kelib tushgan, biroq kompaniya hamkorlik qilishdan bosh tortgan.
Avvalroq futbol uchrashuvida ilk marta robot hakam sinovdan oʻtkazilishi mumkinligi xabar qilingandi.


