Myanma (sobiq Birma) harbiy maʼmurlari 2022 yil mamlakatning raqamli valyutalarini yaratish niyatida. Bu haqda odatda xuntaning rasmiy vakili vazifasini bajaradigan axborot vaziri oʻrinbosari, general-mayor Zo Min Tun maʼlum qildi.
“Biz buni xususiy kompaniyalar bilan birgalikda yoki mustaqil ravishda, hukumat tomonidan amalga oshiramizmi, hali bir qarorga kelmadik”, — deydi u.
Rasmiylarga koʻra, raqamli valyuta mamlakatda “moliyaviy faoliyatni yaxshilashga” yordam berishi kerak.
Jahon banki hisob-kitoblariga koʻra, 2021 yil mamlakat iqtisodiyoti 19 foizga qisqargan. 2022 yil uchun prognoz ham juda optimistik emas. Oʻsish faqat 1 foiz boʻlishi taxmin qilinmoqda.
Shu bilan birga, Jahon banki hisobotida aytilishicha, agar pandemiya va harbiy toʻntarish boʻlmaganida, 2021 yil mamlakat iqtisodiyoti 30 foizga oʻsgan boʻlar edi.
Myanma oʻzining raqamli valyutasini hisobga olgan holda iqtisodiy jihatdan azob chekayotgan yagona davlat emas. Venesuela ham 2021 yil raqamli bolivarni joriy etish niyatini eʼlon qilgandi. Tegishli qonun loyihasi allaqachon mahalliy parlamentga kiritilgan.
Avvalroq Hindiston moliya vaziri Nirmala Sitaraman 1 apreldan boshlab rupiyning raqamli versiyasini ishga tushirishini eʼlon qilgandi.


