Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Texnologiya

Snap va Meta rahbarlari kelajak ijtimoiy tarmoqlari TikTok kabi boʻlishini aytdi

Foydalanuvchilar tasodifiy mualliflar joylashtirgan qisqa videolarga koʻproq vaqt sarflamoqda.

Foto: “fainaideoa.com”

Snap va Meta rahbarlari kelajak ijtimoiy tarmoqlari TikTok kabi boʻlishini aytdi. Bu haqda The Verge xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Snap bosh direktori Evan Shpigel oʻz platformasida Stories formatini siqib chiqara boshlagan Spotlight qisqa videolarining tobora ommalashib borayotgani haqida gapirgan. Kompaniya kovid cheklovlari yengillashgani sari odamlar doʻstlarining hikoyalarini koʻrishga qaytadi, deb umid qilgan. Biroq ular tasodifiy mualliflar tomonidan joylashtirilgan qisqa videolarga koʻproq vaqt sarflamoqda.

“Bu pandemiya davomida kuzatilgan tendensiyaning davomi. Har bir kungi faol foydalanuvchiga tushadigan doʻstlarning hikoyalarini joylashtirish va koʻrish pandemiyadan oldingi darajaga qaytmadi”, — degan Shpigel. Shuningdek, u Snap ilovani yangilash ustida ishlashda davom etishini qoʻshimcha qilgan.

Snap hali kontent boʻlimi qanday koʻrinishini oshkor qilmagan boʻlsa-da, u TikTokʻga oʻxshab ketadi. Shpigelning taʼkidlashicha, baʼzi Spotlight video yaratuvchilari allaqachon ilovada oʻz shoulariga ega. Bu tomoshabinlar yangi kontent ishlab chiqaruvchilar, mavzular va hamjamiyatlarni kashf qilishi va keyin Discover boʻlimida ular bilan yaqinroq aloqada boʻlishlari mumkin boʻlgan platforma sifatida Spotlight qarashlarini qoʻllab-quvvatlaydi.

Bundan tashqari, Mark Sukerberg ham TikTokʻni asosiy tahdid deb atagan.

“Odamlar vaqtni qanday sarflash boʻyicha juda koʻp tanlovga ega. TikTok kabi ilovalar esa juda tez oʻsib bormoqda”, — degan u Meta kompaniyasining toʻrtinchi chorakdagi daromadlari boʻyicha bergan hisobotda.

Avvalroq Meta aksiyalari 23 foizga “qulagani” va Pinterest, Snap va Twitterʻda ham pasayish kuzatilgani xabar qilingandi. Shuningdek, Meta va Snap 11 yoshli qizning suiqasdida ayblangani haqida xabar berildi.