Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

Soliq toʻlovchilarning ayrim soliq xavfi mezonlari qoʻllanilishi deyarli bir yilga toʻxtatib turiladi

Ushbu mezonlar yirik soliq toʻlovchilarga va QQS toʻlovchisi sifatida yangi roʻyxatdan oʻtayotgan soliq toʻlovchilarga nisbatan toʻxtatilmaydi.

Foto: “impressrelay.com”

Oʻzbekistonda soliq toʻlovchilarning ayrim soliq xavfi mezonlari (holatlarini) qoʻllanilishi 2023 yil 1 yanvarga qadar toʻxtatib turiladi. Bu haqda Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining axborot xatida soʻz boradi.

Ular quyidagilar:

  • rahbar shaxsining yoki moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxsning YAMMT da tasdiqlanmaganligi (omil #1);
  • oʻz koʻchmas mulki, ijaraga olingan yoki tekin foydalanilayotgan koʻchmas mulki yoʻqligi (omil #4);
  • soliq toʻlovchining manzili nominal joylashgan joy manzili bilan toʻgʻri kelishi (18 kvadrat metrdan kam) (omil #6);
  •  oxirgi oʻn ikki oy ichida soliq hisobotlarini oʻz vaqtida taqdim etmaslik holatlari mavjudligi (omil #14);
  •  yollanma ishchilari yoʻqligi yoki 4 nafardan kamligi (omil #15).

Ushbu mezonlar yirik soliq toʻlovchilarga va QQS toʻlovchisi sifatida yangi roʻyxatdan oʻtayotgan soliq toʻlovchilarga nisbatan toʻxtatilmaydi.

Avvalroq Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining axborot xati eʼlon qilingandi.