Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Oʻzbekistondagi gaz bilan bogʻliq holat boʻyicha maʼlumot berildi

AGTKSHlariga esa navbati bilan tabiiy gaz uzatila boshlangan.

Foto: Shuttersock

Oʻzbekiston Energetika vazirligi Oʻzbekistondagi gaz bilan bogʻliq holat boʻyicha maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 27 yanvar kuni soat 12:00 holatga koʻra “Oʻztransgaz” tizimi orqali tabiiy gaz yetkazib berish hajmi soatiga 6892 ming metr kubni tashkil etmoqda.  

Shu jumladan olinayotgan tabiiy gaz hajmi:  

  • gaz qazib oluvchi korxonalardan soatiga 5 403 ming metr kub (25 yanvar kuni soat 10:00 holatiga nisbatan 98 foiz);
  • gazni yer ostida saqlash inshootlaridan soatiga 850 ming metr kubni tashkil etmoqda.

Taʼkidlanishicha, mamlakat umumtizimida kuzatilgan elektr energiyasi uzilishlari tufayli “Oʻztransgaz” kompressor stansiyalaridagi ish faoliyati toʻxtab qolgan gaz haydash agregatlarining barchasida ish faoliyati toʻliq tiklandi. 

“Hozirgi paytda Fargʻona vodiysi viloyatlariga tabiiy gaz uzatuvchi ʻOhangaronʻ KSni ishga tushirish choralari koʻrilmoqda”, deyiladi axborotda.

Qayd etilishicha, amaldagi issiqlik elektr stansiyalaridan faqatgina Taxiatosh IES tabiiy gaz bilan toʻliq taʼminlanmoqda. Navoiy, Sirdaryo, Tallimarjon, Toshkent va Yangi-Angren IESlarida hozirgacha tabiiy gaz bilan taʼminlanganlik darajasi 50-80 foizni tashkil etmoqda. Tabiiy gaz yetkazib berish magistral gaz quvurlariga kirib kelayotgan bosim hajmiga qarab orttirib borilyapti.

“Hozircha Fargʻona vodiysi viloyatlariga tabiiy gaz uzatuvchi magistral gaz quvurlarida bosimning yetarli emasligi bois Toʻraqoʻrgʻon IESga tabiiy gaz uzatish yoʻlga qoʻyilgani yoʻq”, deyiladi xabarda.

Elektr stansiyalariga zaruriy koʻrsatkichlarda tabiiy gazni yetkazib berish maqsadida elektr taʼminoti uzilishi chogʻida ishdan toʻxtatilgan sanoat korxonalariga tabiiy gaz yetkazib berish hozircha yoʻlga qoʻyilmagan. AGTKSHlariga esa navbati bilan tabiiy gaz uzatila boshlangan.

Avvalroq Oʻzbekistonda qarzdorlik uchun tabiiy gazni avtomatik oʻchirish vaqtincha toʻxtatilgandi.