Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

“Iqtisodiy zararlar boʻyicha hisob-kitoblar amalga oshiriladi” — vazirlik

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi elektr uzilishining iqtisodiyotga taʼsiri haqida Kommers.uzʻga izoh berdi.

Oʻzbekistonda respublika elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda. Oʻzbekiston Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi elektr uzilishi Oʻzbekiston iqtisodiyotiga qanday taʼsir koʻrsatishi haqida Kommers.uzʻga izoh berdi.

“Vaziyatni tezda tiklanishiga bogʻliq. Ayni paytda hududlarda elektr energiyasini tiklash ishlari boshlangan. Barcha hisob-kitoblar har bir tarmoqqa haqiqiy taʼsirni oʻrganilidan soʻng amalga oshiriladi”, deydi vazirlik vakili.

Oʻzbekistonda “blekaut”

Soat 10:57 da Oʻzbekiston boʻylab elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilishni boshladi. Uzilishlar tufayli Toshkent metropoliteni ishdan toʻxtadi.

Energetika vazirligi holat yuzasidan tushuntirish berdi. Qayd etilishicha, 25 yanvar kuni soat 11:00 da energotizimda yirik nosozlik yuzaga kelib respublikaning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda. Ayni paytda mutaxassislar tomonidan nosozlikni tiklash ishlari olib borilmoqda.

Keyinchalik Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Toshkentda issiq suv va issitish taʼminotida ham uzilish kuzatilishi boʻyicha ogohlantirish berdi.

«Mamlakatimizning koʻplab hududlarida elektr energiyasi tizimida kuzatilgan uzilishlar bois, isitish, oqova hamda ichimlik suv tarmoqlarida ham uzilishlar kuzatilishidan ogohlantiramiz», deyiladi xabarda.

Keyinalik Energetika vazirligi Soat 10:57 da Qozogʻiston elektr tarmogʻida katta avariya boʻlishi oqibatida Olmaota, Shimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr eyenergiya taʼminotida oʻchishlar yuzaga kelganini maʼlum qildi.

Oqibatda Fargʻona va Toshkent shahri va viloyati, Fargʻona vodiysi hududi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari tarmoqlarida elektr energiyasi oʻchgan.

Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ogohlantirish bilan chiqdi

“Hurmatli fuqarolar elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan uzulishlar sababli gaz va elektr bilan bogʻliq koʻngilsiz vaziyatlarni oldini olish maqsadida gaz hamda elektr moslamalarini nazorat qilishingiz va tarmoqdan vaqtincha uzib qoʻyishingiz soʻraladi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Mobiuz va Beelineʻda aloqa xizmati yomonlashishi mumkinligini qayd etdi. Uztelecom stansiyalar bir necha soat soat “chidab berishini” aytdi.

“Bizdagi stansiyalarda zaxira akkumulyatorlari bilan jihozlangan.Ularning quvvati bir necha soat chidab beradi”, deydi matbuot xizmati xodimi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xodjikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpogʻistondagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Fargʻona viloyatidagi Fargʻona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlangan.

Elektr uzilishi sabab yopilgan Oʻzbekiston mintaqaviy aeroportlari reyslar uchun qayta ochildi. Qayd etilishicha, Toshkent aeroporti faqat reyslarni qabul qilish uchun ishlaydi.

“Mintaqaviy aeroportlar reyslarni qabul qilish va berishni boshladi”, deyiladi xabarda.

Humo va Uzcard toʻlov tizimlari elektr uzilishi ish faoliyatiga taʼsir koʻrsatmasligini maʼlum qildi.