Soat 10:57 da Qozogʻiston elektr tarmogʻida katta avariya boʻlishi natijasida Olma-ota, Shimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr eyenergiya taʼminotida oʻchishlar yuzaga keldi. Bu haqda Oʻzbekiston Energetika vazirligi tushuntirish berdi.
Buning oqibatida Qirgʻiziston elektr tarmogʻida, jumladan Bishkek, Oʻsh va boshqa barcha shaharlarda elektr energiya oʻchishi kuzatildi.
Yagona elektr tarmogʻiga ulangan Oʻzbekiston elektr tarmogʻi bu avariyaning salbiy taʼsiri natijasida Qozogʻistondan keluvchi 530 liniyadagi kuchlanish va chastotani keskin oʻzgarishi oqibatida Toshkent IESi, Sirdaryo IESi da avariya himoya vositalari ishlab ketib bu ikkala stansiyani ham avtomatik ravishda oʻchishiga olib kelgan.
Oqibatda Fargʻona va Toshkent shahri va viloyati, Fargʻona vodiysi hududi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari tarmoqlarida elektr energiyasi oʻchdi.
Hozirgi vaqtda qoʻshni davlat tarmoqlaridan uzgan holatda har bir IESlarni alohida ishga tushirib, bosqichma-bosqich tarmoqlarni ulab, ishga tushirish choralari koʻrilmoqda.
Avariya tavsilotlari boʻyicha qoʻshimcha ravishda axborot beriladi.


