Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

Bitkoin kursi tushishi soʻngi olti oydagi minimumni yangiladi

Kriptovalyuta 2021 yil 10 noyabrdagi tarixiy qiymatining deyarli yarmiga arzonlashdi.

Foto: “fotolog.com”

Bitkoin kursi 9 foizga tushib, yarim yillikdagi minimumni yangiladi. Bu haqda “Inc.” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 22 yanvar kuni ertalab bitkoin narxi 2021 yil 24 iyuldan beri minimum qiymatni yangilanib, 35,1 ming dollarni tashkil etgan. Shuningdek, oʻtgan kecha-kunduzda birinchi raqamli kriptovalyuta narxi 9 foizga arzonlashgan.

Bitkoin narxi 20 yanvar kuni kechqurun uning kursi 43,5 ming dollardan oshib ketgach keskin pasayishni boshlagan. 2021 yil 10 noyabrda belgilangan tarixiy maksimal — 69 ming dollardan kriptovalyuta 48 foizga — deyarli yarmiga arzonlashgan.

Kriptovalyuta bozoridagi pasayish S&P 500 indeksining qisqarishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin, bu indeks 20 yanvardagi savdo sessiyasi natijalariga koʻra 1 foizga, 21 yanvarda esa yana 2 foizga pasayishda davom etgan. Bundan oldin, 19 yanvar kuni Arcane Research tahliliy kompaniyasi bitkoin almashinuv kursi va S&P 500 indeksi oʻrtasidagi korrelyatsiya 2020 yil oktyabr oyidan beri rekord darajaga yetganini xabar qilgan edi.

Qayd etilishicha, 21 yanvar davomida kapitallashuv boʻyicha eng yirik altkoinlar ham keskin pasayib ketgan. Ethereum va Binance Coinʻning narxi har biri 14 foizga pasayib, mos ravishda 2,4 ming dollar va 353 dollarni tashkil etgan. Oʻnta eng qimmat kriptovalyutalar orasida Luna eng koʻp zarar koʻrgan — uning narxi 27 foizga tushib, 57 dollarni tashkil etgan.

Shuningdek, 20 yanvar kuni Rossiya banki mamlakatda kriptovalyutalar emissiyasi, ularni muomalaga chiqarish va ayirboshlashni taqiqlash taklif qilingan hisobotini eʼlon qilgandi. Bank shuningdek, raqamli aktivlar mayningini taqiqlash va xorijiy savdo maydonchalarida kriptovalyutadagi rus sarmoyalarini kuzatishni boshlash zarur deb hisoblashini maʼlum qilgan.

Avvalroq Bitkoin narxi 100 ming dollargacha koʻtarilishi prognoz qilingani xabar qilingandi. Shuningdek, Durov Rossiyada kriptovalyuta taqiqlanishiga munosabat bildirgani haqida xabar berildi.