AQSHning General Motors (GM) kompaniyasi foydalanilgan avtomobillar savdosi bilan shugʻullanuvchi CarBravo nomli veb-saytni ishga tushiradi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Dilerlar sayt orqali ham GM, ham boshqa kompaniya avtomobillarini sotadi. Xizmat 2022 yilning yozigacha ishga tushiriladi.
CarBravo eski avtomobil sotuvchisi CarMax, shuningdek, avtomobillarni faqat internet orqali sotuvchi Carvana kompaniyasidan ham oʻzib ketishi kutilmoqda.
Avvalroq Toyota AQSH avtomobil bozorida General Motorsʻni ortda qoldirib, yetakchiga aylangani xabar qilingandi.


