Binance kripto birjasi egasi Chanpen Chjaoning boyligi 96 milliard dollarga baholanmoqda. Bloomberg uni kriptovalyutalar olamidagi eng boy odam deb atadi.
Reytingga Chjaodan tashqari hindistonlik biznes-magnat Mukesh Ambani ham 92,9 milliard dollar boylik bilan kiritilgan.
“Chjaoning boyligi texnologiya bozorining Mark Sukerberg, Larri Peyj va Sergey Brin kabi titanlari bilan tenglasha oladi”, deb yozadi nashr.
Bloombergʻning tan olishicha, Chjaoning boyligi bundan ham kattaroq boʻlishi mumkin.Chunki u bitkoin va firmasining tokenini oʻz ichiga olgan kripto-aktivlarga ega. Binance Coin 2021 yili taxminan 1300 foizga oshdi.
Chjao 2020 yil noyabr oyida 2014 yil bitkoinlar sotib olgani va ularni ushlab turishda davom etayotganini maʼlum qilgandi. Shu bilan birga, u boyligining 99 foizini xayriya qilishga tayyorligini aytdi, chunki u oʻzini moliyaviy mustaqil shaxs deb biladi.
Maʼlumot uchun, 2021 yil iyul oyida Binance kriptovalyuta birjasi rahbari oʻz kompaniyasi “toʻliq tartibga solinadigan moliyaviy institut” boʻlishni maqsad qilgani va agar kerak boʻlsa, kompaniyaning bosh direktori lavozimini tark etishga tayyorligini eʼlon qilgandi.


