Germaniya Adliya vazirligi Pavel Durovning Telegram messenjerini Germaniya qonunchiligini buzgani uchun millionlab jarimaga tortmoqchi. Bu haqda mamlakat adliya vaziri Marko Bushman Bild am Sonntag nashriga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
Bushmanning soʻzlariga koʻra, Telegram boshqa onlayn platformalar kabi qonunlarga boʻysunishi kerak. Messenjer mamlakatdagi huquqiy muammolarni hal qilish uchun rasmiy vakil tayinlashi, shuningdek, noqonuniy kontent haqida xabar berish mexanizmini yaratishi kerak.
“Ushbu majburiyatlar buzilgani sababli, biz jarima solish boʻyicha koʻplab tartib-taomillarni boshladik”, — deya deydi Bushman.
Adliya vaziri, shuningdek, Germaniya hukumati Telegram shtab-kvartirasi joylashgan BAA hukumati bilan tez-tez bogʻlanib turishini taʼkidladi.
“Agar bildirishnomani (buzilish toʻgʻrisida) yuborishning keyingi urinishi muvaffaqiyatsiz boʻlsa, keyingi qadam ommaviy bildirishnoma boʻladi. Shundan soʻng biz pul bilan bogʻliq jarimani qoʻllashimiz mumkin. Bizning qonunlarimiz millionlab jarimalarni nazarda tutadi”, — deydi vazir.
Nashrning yozishicha, Telegram mavzusi ijtimoiy tarmoqlarda hukumatga tahdidlarning tarqalishi tufayli paydo boʻldi. Dekabr oyi oʻrtalarida Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer ham Telegramʻdagi “nafrat” soʻzlari tarqalishiga nisbatan qatʼiyroq siyosat olib borishga chaqirgandi.
Avvalroq Signal messenjeri asoschisi Moksi Marlinspayk Telegram jamoasi barcha foydalanuvchilarning maʼlumotlarini bulutda ochiq formatda saqlashini aytib, shu bilan Durovning messenjerini ishonchsizlikda ayblagandi.


