Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Toshkent viloyatida turistik zonalar barpo etish uchun 1 mlrd dollar investitsiya jalb qilinadi

Dam olish maskanlarida 80 ming ish oʻrinlari yaratiladi.

Foto: Sputnik

Toshkent viloyatida turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqiladi. Bu haqda 2022–2026 yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” loyihasida soʻz boradi.

Loyihaga koʻra, Amirsoy va Chimyon turistik majmualarida, Chorvoq suv ombori va “Toshkent dengizi” atrofida, Ohangaron, Angrendagi togʻli hududlarda qoʻshimcha turistik zonalar va dam olish maskanlari barpo etilishiga 1 milliard dollar investitsiyalar jalb etiladi va 80 ming ish oʻrinlari yaratiladi.

Shuningdek, Angren, Boʻstonliq, Parkent, Ohangaronda kamida 100 gektardan qir-adir yerlari dam olish maskanlari, dala hovlilari va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun ochiq auksionga chiqariladi.

Avvalroq “Zomin” turistik-rekreatsion zonasiga yangi direktor tayinlangani xabar qilingandi.