Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlari takomilliashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori qabul qilindi.

Foto: “stolicaonego.ru”

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni qabul qildi. Bu haqda Norma yozmoqda.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarni tayyorlash, amalga oshirish va monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (1);
  • insonparvarlik yordami yuklarini qabul qilish, hisobga olish, manzilli taqsimlash va maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish hamda insonparvarlik yordami loyihalarini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

Nizom (1) quyidagilarni belgilaydi:

  • tashqi koʻmak mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarni tayyorlash;
  • tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb qilish va donorlar bilan hamkorlik dasturlariga qoʻshimcha loyihalarini ishlab chiqish;
  • monitoring qilish va bitimlar loyihalarini ishlab chiqish;
  • tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini moddiy-texnik qoʻllab-quvvatlash;
  • Muvofiqlashtiruvchi kengashning faoliyatini tashkil etish tartibi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi grantlar hisobidan moliyalashtirish taklif etilayotgan loyiha tashabbuslarini ishlab chiqish, dastlabki tanlash va kelishish jarayonlarini muvofiqlashtirish, tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini hisobga olish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilish, Oʻzbekistonning donorlar bilan hamkorligini rivojlantirish va samaradorligini oshirish borasida takliflar ishlab chiqish vazifasi yuklangan vakolatli organdir.

Belgilanishicha, davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, loyihalar tashabbuskorlari sifatida, ularni tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb qilish va donor bilan hamkorlik dasturlari kiritish yoʻli bilan bir loyiha boʻyicha qiymati 100 ming AQSH dollaridan oshmaydigan grantlarni jalb etadi.

“Tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini elektron tarzda kelishish, monitoring qilish va hisobga olish” axborot tizimi quyidagilarni nazarda tutadi:

  • Dasturlarni shakllantirish, kelishish va hisobga olish jarayonlarini raqamlashtirish;
  • muddatlarga rioya qilish va tashqi begʻaraz koʻmak loyihalari koʻrsatkichlariga erishishni monitoring qilish;
  • jalb qilingan va oʻzlashtirilgan grantlarning hajmi va yoʻnalishlari, donorlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning amalga oshirilishining borishi toʻgʻrisida ishonchli va hamma uchun ochiq maʼlumotlar va ular bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlarni shakllantirish;
  • loyihalar tashabbuskorlariga tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini jalb qilish va samarali amalga oshirish, loyihalar pasportlari va loyiha hujjatlarini sifatli tayyorlash masalalari boʻyicha, shuningdek donorlarga – grantlar ajratish yoʻnalishlari va geografiyasi toʻgʻrisida maslahatlar berish.

Hujjat qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 29 dekabrdar kuchga kirdi.