Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Zangiotada 800 mln dollarga Biotexnologik klaster tashkil etiladi

Investitsiyalar vazirligi va Farmatsevtika agentligi klaster tashkil etilishiga masʼul ijrochilar hisobalanadi.

Foto: “globallookpress.com”

Toshkent viloyati Zangiota tumanida Biotexnologik klaster tashkil etiladi. Bu haqda Oʻzbekistonning 2022–2026 yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasida soʻz boradi.

Qayd etilishicha, klaster 2022 yil mart oyiga qadar Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududini qoʻshimcha 80 gektarga kengaytirish orqali amalga oshiriladi.

Bunda, qiymati 805 million dollarlik 18 ta loyiha doirasida quyidagi dori vositalari ishlab chiqarish tashkil etiladi:

  • genetik-muxandislik preparatlari,
  • onkologik steril dori vositalari,
  • immun tanachalari,
  • yurak-qon tomir kasalliklariga qarshi dori vositalari,
  • endokrinologik preparatlar, gormonal preparatlar,
  • vaksinalar,
  • parenteral oziqlantirish uchun preparatlar,
  • qon plazmasi asosida dori vositalari.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi klaster tashkil etilishiga masʼul ijrochilar hisobalanadi.

Avvalroq Oʻzbekistonda Mis sanoati klasterini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilishi xabar qilingandi.