Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

Xitoy texnologik kompaniyalarning xorijiy birjalarga chiqish talablarini kuchaytiradi

Kompaniyalar oʻz arizalarini Qimmatli qogʻozlar va birja komissiyasida roʻyxatdan oʻtkazishi kerak boʻladi.

Foto: Reuters

Xitoy hukumati aksiyalarini xorijiy birjalarga joylashtirmoqchi boʻlgan texnologik kompaniyalari uchun qoidalarni jiddiy kuchaytirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Financial Times gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, boʻlajak oʻzgarishlarga muvofiq, Xitoy kompaniyalari oʻz arizalarini Qimmatli qogʻozlar va birja komissiyasida oldindan roʻyxatdan oʻtkazishi kerak. Regulyator arizalarni koʻrib chiqadi va qaror qabul qiladi.

Bundan tashqari, ushbu tartibga soluvchi institut boshqa davlat organlari bilan maslahatlashish imkoniyatiga ega boʻladi. Masalan, maʼlum bir Xitoy kompaniyasi aksiyalarini xorijiy birjaga joylashtirishi XXR milliy xavfsizligiga, shu jumladan maʼlumotlarni saqlash va uzatish sohasiga zid emasligi tekshiriladi.

Nashrga koʻra, bunday vakolatlar XXR hukumatiga nafaqat milliy xavfsizlikka tahdid bahonasida, balki “ichki nizolar yoki hal etilmagan boshqa muammolar” yuzaga kelgan taqdirda ham Xitoy kompaniyalarining xorijda joylashtirilishini bloklash imkonini beradi.

Avvalroq Apple rahbari Xitoy bilan maxfiy bitim imzolagani maʼlum boʻlgandi.