Instagram NFTʻni oʻz platformasiga ulashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Business Insider xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, savdo tokenlari ijtimoiy tarmoqning bosh kompaniyasi — Metaʻning metaolamini rivojlantirish strategiyasining bir qismidir. Bu haqda Instagram rahbari Adam Mosseri maʼlum qilgan.
«Hali eʼlon qiladigan koʻp narsa yoʻq, lekin biz NFT va uni keng auditoriya uchun qanday qilib yanada qulayroq qilishimiz mumkinligini faol ravishda tadqiq qilmoqdamiz”, — degan Mosseri.
Shuningdek, Mosseri NFT savdosi bloggerlar uchun yangi monetizatsiya vositasiga aylanishiga umid qilmoqda. Business Insider tomonidan havola qilingan skrinshotlardan anglash mumkinki, NFTʻlar platformaning maxsus boʻlimida joylashadi.
Qayd etilishicha, NFTʻga qiziqish 2021 yilda ortib, sotuvlar hajmi 12 milliard dollarga yetdi. Iyul oyida Facebook oʻzining nomini Meta deb oʻzgartirishi hamda guruhning metaolamni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratishini eʼlon qilgan.
Avvalroq Instagramʻning faol foydalanuvchilari soni ilk bor 2 milliarddan oshgani xabar qilingandi. Shuningdek, Instagramʻga pullik obuna funksiyasi qoʻshilishi haqida xabar berildi.


