Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 13,49 soʻmga koʻtarilib, 10 795,73 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 13,49 soʻmga oshib, 10 795,73 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 12 ming 219,69 soʻmga baholanib, 60,56 soʻmga koʻtarilgan. Shuningdek, 1 rubl 146,49 soʻm etib belgilanib, 1,48 soʻmga oshgan.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 10 dekabr, juma kunidan kuchga kiradi.


