2026 yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistonda aholining umumiy daromadlari 618,3 trillion soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi dastlabki maʼlumotlarni eʼlon qildi.
Hisobotga koʻra, inflyatsiya hisobga olinganda, aholi umumiy daromadlarining real oʻsish surʼati oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 9,2 foizni tashkil etgan.
Shuningdek, joriy yilning dastlabki olti oyida aholi jon boshiga toʻgʻri kelgan umumiy daromad 16,1 million soʻm boʻlgan.
Mazkur koʻrsatkichning nominal oʻsish surʼati 14,5 foiz, inflyatsiya hisobga olingan real oʻsish surʼati esa 7,3 foiz darajasida qayd etilgan.
Oʻzbekistonda 2026 yilning yanvar—iyun oylarida oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 million 91,1 ming soʻmni tashkil etgani haqida xabar berilgandi.
Hududlar kesimida eng yuqori oʻrtacha ish haqi Toshkent shahrida qayd etilgan — 12 million 13,9 ming soʻm. Ikkinchi oʻrinda Navoiy viloyati 8 million 722,7 ming soʻm bilan qayd etilgan.


