Asosiy mazmunga oʻtish
Jonli maʼlumot 19avgust · Chorshanba
USD 11 820,40 ▼ −36,95 EUR 13 684,48 ▼ −61,75 RUB 139,05 ▼ −0,27 GBP 15 990,64 ▼ −84,37
Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Oʻzbekistonda jazirama tufayli elektr isteʼmoli rekord darajaga yaqinlashishi kutilmoqda

Energetika obyektlari va yoqilgʻi infratuzilmasida yongʻin hamda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan kuchaytirilgan oʻrganishlar va nazorat reydlari oʻtkaziladi.

Energetika vazirligi maʼlum qilishicha, kutilgan yuqori harorat fonida mamlakat boʻyicha sutkalik elektr energiyasi isteʼmoli 280 mln kVt·soatga, maksimal yuklama esa 13–13,3 GVtgacha yetishi mumkin.

Shu munosabat bilan energetika tizimi obyektlarining barqaror ishlashini taʼminlash, elektr tarmoqlari va podstansiyalarda avariyaviy holatlarning oldini olish boʻyicha qoʻshimcha choralar belgilandi. Yigʻilishda Toshkent shahridagi ayrim podstansiyalarda kuzatilgan nosozliklar tanqidiy muhokama qilinib, kamchiliklarga yoʻl qoʻygan ayrim rahbarlar lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, yongʻin va portlash xavfini kamaytirish maqsadida havo harorati yuqori boʻlgan vaqtlarda suyultirilgan gazni ortish-tushirish ishlarini vaqtincha toʻxtatib turish belgilandi. Energetika obyektlari va yoqilgʻi infratuzilmasida yongʻin hamda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan kuchaytirilgan oʻrganishlar va nazorat reydlari oʻtkaziladi.