Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Ipoteka krediti boʻyicha soliq imtiyozlari avtomatik ravishda qaytariladi

Shuningdek, soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisobotini taqdim etish majburiyati bekor qilinadi.

Foto: Davlat soliq qoʻmitasi matbuot xizmati

Prezidentning soliq organlari faoliyatini institutsional jihatdan takomillashtirish va soliq maʼmuriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish boʻyicha farmoni qabul qilingan edi. Farmonga koʻra, 2027 yildan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha soliq vakolatli organlarning soliq organlariga taqdim etgan maʼlumotlari asosida hisoblab chiqariladi.

Soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisobotini taqdim etish majburiyati bekor qilinadi.

Jismoniy shaxslarning ipoteka kreditlarini qoplashga yoʻnaltirilgan daromadlari boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash proaktiv tartibda amalga oshiriladi. Bunda imtiyoz qoʻllash natijasida yuzaga kelgan ortiqcha summa jismoniy shaxsning murojaatiga asosan 10 ish kuni ichida qaytariladi.

Kelgusi yildan yirik soliq toʻlovchilarni aniqlashning yangi mezoni joriy etiladi.

Soʻnggi 12 oyda toʻlangan soliqlar, yigʻimlar, davlat boji va soliq boʻlmagan toʻlovlar hajmi BHMning 500 ming baravaridan (2,06 mlrd soʻm) oshgan korxonalar hamda tijorat banklari oʻta yirik soliq toʻlovchi deb tan olinadi.

2026/2027-oʻquv yilidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash maqsadida Soliq qoʻmitasi huzurida Soliq oliy maktabi tashkil etiladi.

2027 yil 1 yanvardan soliq sohasida alohida tashabbus koʻrsatgan, soliq tizimi rivojiga hissa qoʻshgan shaxslarni ragʻbatlantirish maqsadida Soliq xizmati fidoyisi koʻkrak nishoni taʼsis etiladi.