Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Naqdsiz oldi-sotdi islohoti ijara narxlarini oshirdimi?

2026 yil 1 apreldan uy-joy oldi-sotdisida hisob-kitoblar naqdsiz shaklga oʻtdi. Tahlilga koʻra, bu oʻzgarish ijara bozorida darhol kuchli narx sakrashiga olib kelmadi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan Toshkent shahridagi uy-joy ijara bozori OLX platformasidan yigʻilgan 1,7 mln dan ortiq eʼlonlar asosida tahlil qilindi.

2026 yil 1 apreldan uy-joy oldi-sotdisida hisob-kitoblar naqdsiz shaklga oʻtdi. Tahlilga koʻra, bu oʻzgarish ijara bozorida darhol kuchli narx sakrashiga olib kelmadi.

Umumiy median ijara narxi:

  • 2026 yil mart: $550
  • 2026 yil aprel: $550
  • Oylik oʻzgarish: 0%
  • 2025 yil aprelga nisbatan: 0%

Eʼlonlar sonida ham keskin burilish kuzatilmadi:

  • 2026 yil yanvar mart oʻrtacha: 22,6 ming
  • 2026 yil aprel: 22,8 ming
  • Oʻzgarish: +0,8%

Xonalar kesimida esa bozor ancha farqli harakat qilmoqda:

  • 1 xonali: $400, yillik oʻsish +14,3%
  • 2 xonali: $550, yillik oʻsish +10,0%
  • 3 xonali: $700, yillik pasayish -12,5%
  • 4+ xonali: $850, yillik pasayish -26,1%

Ijara bozori umumiy koʻrsatkichda barqaror koʻrinsada, talab 1-2 xonali va nisbatan arzonroq segmentlarga siljimoqda

Nisbatan qimmat hududlar:

  • Mirobod: $800
  • Shayxontohur: $750
  • Yakkasaroy: $700

Nisbatan arzon hududlar:

  • Bektemir: $390
  • Sergeli: $400
  • Uchtepa: $400

Eng yaxshi ijobiy dinamika:

  • Olmazor: +12,5%
  • Mirzo Ulugʻbek: +9,1%

Premium hududlarda narxlarda yumshash:

  • Shayxontohur: -25,0%
  • Mirobod: -11,1%
  • Yakkasaroy: -6,7%

Xulosa: Investorlar uchun: naqdsiz oldi-sotdi islohoti hozircha ijara narxlari sakrashiga olib kelmagan va ijara bozorida spekulyativ qayta baholashdan qochish lozim.

Ijarachilar uchun, 3-4+ xonali uylar boʻyicha muzokara imkoniyati oshgan, kichik segmentda esa tez qaror qabul qilish kerak. Mulkdorlar uchun, narxlar shahar medianasiga emas, xona soni va hududga qarab belgilanmoqda.