Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Uy-joyga muhtoj yosh oilalarga ipoteka kreditlari ajratiladi

Ipoteka dasturi doirasida ipoteka kreditlari boʻyicha hisoblangan foiz toʻlovlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan qismi davlat byudjetidan qoplab beriladi.

“Yangi Oʻzbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini tasdiqlash hamda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan 2026–2030 yillarga moʻljallangan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi (Strategiya) tasdiqlandi hamda uning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.

Farmonga koʻra, 2026 yil 1 iyulgacha nodavlat qoʻshimcha taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi subyektlarning yuqori natijalarga erishgan oʻqituvchilari xorijiy ilgʻor taʼlim markazlariga stajirovkaga yuboriladi.

Olis va chekka hududlarda xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha nodavlat qoʻshimcha taʼlim xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish uchun foizsiz qarz (ssuda) ajratilgan va faoliyatini kengaytirmoqchi boʻlgan subyektlarga BHMning 730 baravarigacha miqdorda foizsiz qarz (ssuda) ajratib boriladi.

2027 yil 1 yanvardan uy-joyga muhtoj yosh oilalarga birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun quyidagi tartibda ipoteka kreditlarini ajratish yoʻlga qoʻyiladi:

  • Ipoteka dasturi doirasida ipoteka kreditlari boʻyicha hisoblangan foiz toʻlovlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi;
  • quyidagi asosiy ijtimoiy mezonlarga muvofiq keladigan yosh oilalarga ipoteka krediti ajratiladi:
  • ariza beruvchi hamda uning turmush oʻrtogʻi 30 yoshdan oshmagan boʻlishi;
  • ariza beruvchi hamda uning turmush oʻrtogʻi nomida soʻnggi 3 yilda mulk huquqi asosida koʻchmas mulk mavjud emasligi.