Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

1 iyuldan xorijdan onlayn xarid qilingan smartfon va noutbuklar uchun 5 foizli bojxona toʻlovi toʻlanadi

Shuningdek, 30 ta pozitsiyadagi tovarlar, jumladan, kiyim-kechaklar, poyabzal, soatlar, xotira qurilmalarm uchun esa qoʻshilgan qiymat soligʻi va 3 foiz miqdorida bojxona boji toʻlanadi.

Endilikda 2026 yil 1 iyuldan 5 ta pozitsiyadagi tovarlar, jumladan, smartfon, noutbuk, planshet, kolonka, mikser, sharbat chiqargich, soch quritish uskunasi, elektr choynak, multipishirgichlar, dazmol va boshqa tovarlar xorijdan onlayn xarid qilinganda, 5 foiz miqdorida yagona bojxona toʻlovi toʻlanadi.

Shuningdek, 30 ta pozitsiyadagi tovarlar, jumladan, kiyim-kechaklar, poyabzal, soatlar, xotira qurilmalari, quvvatlagich, fonar, quloqchin, monitor va proyektorlar, videooʻyin apparatlari kabi tovarlar uchun esa qoʻshilgan qiymat soligʻi va 3 foiz miqdorida bojxona boji toʻlanadi.

Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Global brend maʼlumotlar bazasida roʻyxatdan oʻtgan xalqaro brend va Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro brend tovarlari reyestriga kiritilgan chet el tovarlarini bond omboriga joylashtirish va maxsus elektron savdo platformalari orqali realizatsiya qilish taqiqlanadi.

Boshqa tovarlar uchun esa amaldagi xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga olib kelinadigan tovarlarga nisbatan bojsiz olib kirishning belgilangan oyiga 200 AQSH dollari normasi saqlanib qoladi.