Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Raqobat qoʻmitasi Ramazon oyida oziq-ovqat narxlari nazoratini kuchaytiradi

Narxlar oshishiga olib kelishi mumkin boʻlgan omil yuzaga kelganda bu haqda qoʻmitani tezkor xabardor qilish belgilangan.

Raqobat qoʻmitasi yirik savdo tarmoqlari hamda hududlardagi savdo komplekslarini Ramazon oyi arafasida ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini taʼminlash boʻyicha ogohlantirdi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Ramazon oyida talab keskin oshishi mumkin boʻlgan mahsulotlar narxlarini nazorat qilish yuzasidan chakana savdo tarmoqlari hamda savdo komplekslariga yetkazib beruvchi korxonalarga tegishli koʻrsatmalar yuborilgan.

Xususan, narxlarni oʻzgartirish, logistika xarajatlari oshishi yoki boshqa omillar sabab narxlar koʻtarilishi ehtimoli yuzaga kelgan taqdirda, bu haqda qoʻmitani tezkor xabardor qilish belgilangan.

Shuningdek, yetkazib beruvchilar tomonidan asossiz narx oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan ogohlantirishlar berib borish vazifasi yuklatilgan.

Qoʻmita ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida zarur choralar koʻrib borilishini taʼkidladi.

13 fevral kuni prezident raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda davlat rahbari Ramazon oyida dehqon bozorlari va yirik savdo komplekslarida arzonlashgan oziq-ovqat yarmarkalarini boshlash boʻyicha topshiriq bergandi.