Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi “Maroqand” aksiyadorlik jamiyatini toʻlovga qobiliyatsiz — bankrot deb topib, kompaniyani tugatish boʻyicha rasman ish yuritishni boshladi.
“Maroqand” AJ Oʻzbekistonda UPay nomli raqamli toʻlov tizimiga egalik qilib kelgan va 2022 yil may oyida Humans fintex ekotizimi tomonidan toʻliq sotib olingan edi.
2025 yil oktyabr oyida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi Humans MCHJni bankrot deb topgan.
“Maroqand” AJ Humans xoldingi ishtirokchisi sifatida faoliyat yuritib, soxta koʻrsatkichlar ketidan quvdi va bu holat kompaniya faoliyatiga jiddiy putur yetkazib, uni bankrotlik ahvoliga olib keldi.
2026 yil 2 fevralda qabul qilingan sud qaroriga koʻra, “Maroqand” AJning moliyaviy majburiyatlari, kreditorlar oldidagi qarzlari va boshqa masalalar bankrotlik toʻgʻrisidagi qonunchilik doirasida koʻrib chiqiladi.


