Asosiy mazmunga oʻtish
Jonli maʼlumot 19avgust · Chorshanba
USD 11 820,40 ▼ −36,95 EUR 13 684,48 ▼ −61,75 RUB 139,05 ▼ −0,27 GBP 15 990,64 ▼ −84,37
Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Oʻzbekistonda oʻz-oʻziga kredit olishni taqiqlaganlar soni 440 mingga yaqinlashdi

Gender koʻrsatkichi boʻyicha ularning asosiy qismi — 67 foizini erkaklar tashkil etadi, qolgan 145,6 ming nafari esa ayollardir.

Foto: TASS

Oʻzbekistonda oʻz-oʻziga kredit berishni taqiqlagan aholi soni qariyb 440 ming nafarga yetdi. Bu haqda Kredit-axborot tahliliy markazi (KATM) kredit byurosi matbuot xizmati maʼlum qildi.

2026 yilning 1 yanvar holatiga koʻra, mamlakatda “Kreditga taqiq” xizmatiga ulangan jismoniy shaxslar 438 322 nafarni tashkil etdi. Gender koʻrsatkichi boʻyicha ularning asosiy qismi — 67% ini (292 722) erkaklar tashkil etadi, qolgan 145,6 ming nafari esa ayollardir.

Yosh kesimida oʻz-oʻziga kredit bitimini tuzishga taqiq qoʻyishdan eng koʻp 26−35 yoshdagi fuqarolar foydalanadi — ular barcha foydalanuvchilarning 33%ini tashkil qiladi.

Keyingi oʻrinlarda 36−45 yoshdagilar (24%) hamda 26 yoshgacha boʻlganlar (22%) turibdi. Shu bilan birga, 46−55 yosh oraligʻidagilar 12% ga, 56 yoshdan yuqori aholi soni esa atigi 9% ga toʻgʻri keladi.

“Kreditga taqiq” xizmatiga ulanganlar soni oylar kesimida oʻsib bormoqda. Xizmat iyun oyida ishga tushirilgach, undan 33,13 ming nafar fuqaro foydalangan boʻlsa, iyulda bu — 37,65 ming, avgustda — 37,88 ming, sentabrda — 40,8 ming, oktabrda — 41,86 ming, noyabrda — 93,43 mingni tashkil etgan. Dekabr oyi kelib esa ushbu koʻrsatkich keskin oshdi — 153 565.