Asosiy mazmunga oʻtish
Jonli maʼlumot 19avgust · Chorshanba
USD 11 820,40 ▼ −36,95 EUR 13 684,48 ▼ −61,75 RUB 139,05 ▼ −0,27 GBP 15 990,64 ▼ −84,37
Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Davlat byudjeti daromadlari prognozini shakllantirish va tasdiqlash mexanizmi belgilandi

Prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlangandan soʻng, 3 ish kuni ichida tuman va shaharlarning byudjet daromadlari manbalari hamda choraklar kesimidagi prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlanadi.

Davlat byudjeti daromadlarini prognozlashtirish tartibi belgilandi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, 2026-moliya yilida davlat byudjeti daromadlarining choraklik prognoz koʻrsatkichlari daromad manbalari va hududlar kesimida belgilanadi.

Ushbu koʻrsatkichlar Prezident Administratsiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlangandan soʻng, 3 ish kuni ichida tuman va shaharlarning byudjet daromadlari manbalari hamda choraklar kesimidagi prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlanadi.

Bu qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan qabul qilinadi.

Belgilangan daromadlarning prognoz koʻrsatkichlariga oʻzgartirishlar Prezident Administratsiyasi bilan kelishgan holda kiritilishi mumkin.

2026 yildan kelgusi moliya yili uchun davlat byudjeti daromadlari prognozini hisoblash Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan shaklda amalga oshiriladi.