Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Manbalar: “Humans” qarzlari boʻyicha vaziyat kutilganidan ogʻirroq

Sud hujjatlariga ilova qilingan roʻyxatda yana qator kreditorlar borligi, vaziyatning koʻlami avval oʻylanganidan ham kattaroq ekanini koʻrsatmoqda. Qarzlar banklardan tashqari telekom operatori, davlat idoralari va xususiy pudratchilar oldida ham toʻplangan.

Sud materiallari bilan tanishgan manbalarga koʻra, “Humans” MCHJning majburiyatlari bir nechta yoʻnalishga tarqalgan boʻlib, umumiy qarz hajmi juda katta ekani maʼlum qilinmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra:

— “OCTOBANK” AJ oldidagi qarz 533 mlrd soʻmdan oshgan.
— “ASIA ALLIANCE BANK” ATBga nisbatan 3,9 mln dollardan ortiq majburiyat mavjud.
— Yandex brendi ostidagi kompaniyalar oldidagi qarz 13,3 mln dollardan ziyod.
— 5 nafar fuqaro oldida 571 mln soʻm, “Service Vector” MCHJ oldida 93 mln soʻm qarz qayd etilgan.
— Eski ish haqlari boʻyicha ham milliardlab soʻm toʻlanmagan mablagʻlar yuzasidan ish sudga oshirilgan.

Sud hujjatlariga ilova qilingan roʻyxatda yana qator kreditorlar borligi, vaziyatning koʻlami avval oʻylanganidan ham kattaroq ekanini koʻrsatmoqda. Qarzlar banklardan tashqari telekom operatori, davlat idoralari va xususiy pudratchilar oldida ham toʻplangan.

Ayni paytga qadar nomlari tilga olingan bank va kompaniyalardan rasmiy izoh berilmagan.

Avvalroq Kun.uz nashri Humans aloqa operatorining Visa kartasida pul saqlagan mijozlar pullarini olomayotganliklari borasida surishtiruv olib borgan edi.

Shu bilan birga, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 14.10dagi qaroriga koʻra, “Humans” MCHJ bankrot deb topilgan va kompaniya faoliyatini toʻxtatmagan holda tugatish tartibida ish yuritishni boshlash haqida qaror qabul qilingan.

Maʼlumot uchun, kompaniyaning 2024-yil yakuniy koʻrsatkichlariga oʻra umumiy pul aylanmasi 17 trln 777 mlrd soʻmni, faol foydalanuvchilar soni 2,3 mln kishini tashkil etgan. Telekom mijozlari 1,55 mln, fintex xizmatlari boʻyicha 701 ming foydalanuvchi qayd etilgan.