Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Endi ish vaqtidan tashqari ishlaganlik uchun kamida 2 hissa miqdorda haq toʻlanadi

Bundan tashqari, Mehnat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi yiliga 120 soatdan oshmasligi toʻgʻrisidagi talab chiqarib tashlandi.

Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash tizimi takomillashtiriladi. Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Qonun bilan qonun hujjatlariga Migratsiya agentligining vakolatlarini aniqlashtirish, xususiy bandlik agentliklarining huquq va majburiyatlarini kengaytirish, shuningdek ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, xususiy bandlik agentliklariga quyidagi huquqlar berildi:

  • ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunar va chet tillarga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini belgilangan tartibda tashkil qilish, shuningdek ushbu jarayonga chet ellik ish beruvchilarni jalb etish;
  • zaxira qilinadigan mablagʻlarni tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirish hisobidan olinadigan foiz daromadlarini mustaqil ravishda tasarruf etish.

Bundan tashqari, Mehnat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi yiliga 120 soatdan oshmasligi toʻgʻrisidagi talab chiqarib tashlandi.

Shuningdek, ish vaqtidan tashqari ishning 1 kundagi birinchi 2 soati uchun kamida 1,5 hissa miqdorida, 2 soatdan ortiq qismi uchun kamida 2 hissa miqdorida haq toʻlanishi belgilandi.