Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Oʻzbekiston iyunda eng koʻp oltin sotib olgan mamlakat boʻldi

Oʻzbekiston iyun oyida 4 oylik sotuvlar seriyasiga yakun yasab, dunyodagi eng koʻp oltin sotib olgan mamlakat boʻldi. Oy davomida Markaziy bank 9 tonna oltin xarid qilgan. Shunga qaramay, yil boshidan hisoblaganda Oʻzbekiston avvalgi oylardagi sotuvlar hisobiga eng koʻp oltin sotgan mamlakat boʻlib qolmoqda.

Foto: “aol.com”

Oʻzbekiston Markaziy banki toʻrt oylik sotuvlar seriyasidan keyin iyun oyida 9 tonnalik koʻrsatkich bilan oltinning eng yirik xaridori boʻldi. Bu haqda Jahon oltin kengashi xabar berdi.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va boshqa ochiq maʼlumotlarga koʻra, markaziy banklar iyun oyida 22 tonna sof xaridlarni amalga oshirgan. Oltinga boʻlgan talab ketma-ket uchinchi oy asta oʻsib kelmoqda.

Yilning birinchi yarmida markaziy banklar 123 tonna sof xaridlarni amalga oshirgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan bir oz kamroq (2024 yilning shu davrida 130 tonna boʻlgan).

Iyun oyida Qozogʻiston Milliy banki ikkinchi eng yirik oltin xaridori boʻlgan, boshqa mamlakatlar nisbatan kamroq oltin sotib olgan. Singapur Monetar boshqarmasi (mamlakatda Markaziy bank vazifasini bajaradi) iyun oyida 6 tonna sotdi.

Yil boshidan beri eng yirik sof xaridorlar Polsha Milliy banki (67 t), Ozarbayjon (SOFAZ, 35 t) va Qozogʻiston Milliy banki (22 t) boʻlib turibdi.

Eng yirik sotuvchi esa Oʻzbekiston Markaziy banki hisoblanadi (-18 tonna). Jumladan, mamlakat Markaziy banki yanvar oyida 8 tonna oltin xarid qilgan, fevralda 12 tonna, martda 11 tonna, aprelda 11 tonna, mayda 1 tonna oltin sotgan, iyunda 9 tonna oltin sotib olgan.