UzAuto Motors Raqobat qoʻmitasi talabiga binoan avtomobil yetkazib berish boʻyicha shartnomalarga bir qator oʻzgartirishlar kiritdi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.
Nazorat qiluvchi organ avtomobil ishlab chiqaruvchining dilerlik korxonalari tomonidan taqdim etilgan shartnomalarda qonun hujjatlariga biroz zid boʻlgan holatlarni aniqladi. Tahlil natijalariga koʻra, kompaniya namunaviy hujjatning 21 ta kichik bandiga oʻzgartirishlar kiritdi.
Yil davomida bir xil UzAuto Motors modeli uchun shartnoma tuzish fakti aniqlanganda yetkazib berish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi band chiqarib tashlandi. Kompaniya bu holatda muddatni 120 kunga uzaytirishi mumkin edi.
Bundan tashqari, “Fors-major” boʻlimida ishlab chiqaruvchiga bogʻliq boʻlmagan holatlar boʻyicha ishlab chiqarishda vaqtinchalik tanaffus boʻlganda yetkazib berish muddati qoʻshimcha ravishda 45 kungacha uzaytirilishi mumkinligi belgilangan. Bungacha u “Sotuvchining majburiyatlari” boʻlimiga kiritilgan edi.
Kompaniya tomonidan qoʻshimcha shartnoma imzolangandan keyin 30 kun ichida pulni qaytarish muddati 10 kunga qisqartiriladi.
Shuningdek, shartnomaning yangi tahririda sotuvchining qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlari yanada aniq belgilanadi.
Raqobat qoʻmitasi UzAuto Motors harakatlarini olqishladi va oʻzgarishlar “isteʼmolchilar manfaatlari uchun” kiritilayotganini taʼkidladi.


