Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Raqobat qoʻmitasi 31 ta korxonani ustun muzokara kuchiga ega deb topdi

Raqobat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari tomonidan mamlakat miqyosida xoʻjalik yurituvchilarning tovar va moliya bozorlaridagi faoliyati hamda raqobat muhitini oʻrganish maqsadida tahlil oʻtkazildi.

Uning doirasida bozordagi asosiy ishtirokchilarning faoliyati maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish, temir yoʻllarda tashish, neft-gaz sohasida tahlil, nazorat, sinov va sifatni baholash, suyultirilgan gazni saqlash hamda issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va sotish xizmat turlari boʻyicha oʻrganildi.

Natijada “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunning 14-moddasiga asosan, qoʻmita hududiy organlarining tegishli buyruqlari bilan ayrim xoʻjalik yurituvchilarni oʻzlariga biriktirilgan hududlarda ustun muzokara kuchiga ega deb eʼtirof etdi.

Xususan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va sotish xizmatlari sohasida ustun muzokara kuchiga ega deb topildi.

Buxorodagi Neftgaztadqiqot korxonasi hamda Buxoro gaz toʻldirish stansiyasi neft-gaz sohasida tahlil, nazorat, sinov va sifatni baholash va propanni saqlash xizmatlari boʻyicha ustun muzokara kuchiga ega deb belgilandi. Navoiy temir yoʻl transporti korxonasi esa temir yoʻldan foydalanish va tashish xizmatlari sohasida ustunlikka ega.

Shuningdek, Samarqand viloyatidagi quyidagi beshta korxona maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari

  • Gold Marjonabegim;
  • Shoximardon Asqarov;
  • Mansurbek Qoʻrgʻon Biznes;
  • Kattaqoʻrgʻon Obod Servis;
  • Ikrom nasrullayev.

Qashqadaryo viloyatidagi quyidagi 13 ta kompaniya — maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari sohasida:

  • Qashqadaryo Eko Trans;
  • Bi-Say;
  • Binokor Azizbek Eko;
  • Beknur Stroy Savdo;
  • Qamay Qorasuv Eko;
  • Eko-Hayot;
  • Nuriston Tozlash;
  • Koson Stroy Standart Servis;
  • Intizor Oybekovna;
  • Chimyon Express;
  • Kasbi Eko-hayot;
  • Ilgʻor voha;
  • Solitary Garden.

Jizzaxdagi 9 ta korxona esa chiqindi xizmatlari sohasida ustun muzokara kuchiga ega deb topildi:

  • Toza-eko hudud;
  • Jizzax viloyati toza hudud;
  • Eko sfera;
  • Aydar eko sfera;
  • Paxtakor eko sfera;
  • Forish-ekosfera;
  • Yangiobod eko sfera group;
  • Gʻallaorol eko sfera;
  • Eko House.