Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Valyuta tushumini sotishdan boʻyin tovlaganlik uchun jarima bekor qilinishi mumkin

Qonun loyihasi bilan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qonunga xilof ravishda olganlik yoki oʻtkazganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni joriy etish taklif etilmoqda.

Qonunchilik palatasi deputatlari “Valyuta va qimmatbaho metallar muomalasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qildi. Bu haqda Oliy Majlis quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qonun loyihasi bilan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qonunga xilof ravishda olganlik yoki oʻtkazganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni joriy etish taklif etilmoqda.

Tegishli oʻzgartirishlar Jinoyat kodeksining 177-moddasi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 170-moddasiga (valyutani qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) kiritilmoqda.

Valyuta tushumining bir qismini majburiy sotishdan boʻyin tovlaganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni bekor qilish koʻzda tutilmoqda. Amalda buning uchun mansabdor shaxslarga BHMning 8 baravaridan 12 baravarigacha (3−4,5 mln soʻm) jarima solinadi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Shamsiddin Sohibnazarov 2020 yildan buyon qimmatbaho metallar va toshlarning noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq 99 ta holat aniqlanganini maʼlum qildi. Huquqbuzarliklar natijasida 44 mlrd soʻmlik oltin, kumush, olmos va zumradlar musodara qilingan.

Qora bozorda oltin mahsulotlari aylanmasi $600 mlnga baholanmoqda. 2020 yilda mustaqil oltin izlovchilar qariyb 40 kg oltin qazib olib, davlatga sotgan boʻlsa, oʻtgan yili bu koʻrsatkich 100 barobarga kamaygan. Sohibnazarov buni xomashyolarning noqonuniy aylanmasi bilan izohladi.