Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

payme kompaniyasi yangi bosh direktor tayinlaganini eʼlon qildi

Mamlakatimizdagi yirik toʻlov xizmatlaridan biri va TBC Uzbekistan fintex ekotizimining muhim qismi boʻlgan payme kompaniyasi yangi bosh direktori etib Stanislav Skvirskiy tayinlandi.

Yangi lavozimida Skvirskiy payme kompaniyasining rivojlanish strategiyasini shakllantirish, yangi xizmatlar va mahsulotlar yaratish hamda jamoaning operatsion faoliyatini boshqarish uchun masʼul boʻladi. U faoliyatini toʻgʻridan-toʻgʻri TBC Uzbekistan rahbari Nika Kurdiani boshqaruvi ostida olib boradi.

Tayinlovga qadar Stanislav payme moliyaviy mahsulotlar departamenti direktori boʻlib, P2P oʻtkazmalar, toʻlovlar, toʻlovlarni monitoring qilish hamda GovTechʻni oʻz ichiga oluvchi, ekotizimning asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblangan daily bankingʻni boshqargan. Skvirskiy 2023 yilda TBC jamoasiga qoʻshilgan.

Nika Kurdiani, CEO TBC Uzbekistan:

“Stanislav Skvirskiy Oʻzbekistonning yangi iqtisodiyotini shakllantirayotgan yosh yetakchilardan biridir. U raqamli biznes xususiyatlarini chuqur tushunadi va yirik moliyaviy texnologiya kompaniyalarida xalqaro tajribaga ega. Ishonchim komilki, Stanislav boshchiligida payme bozor uchun yanada qulay yechimlar taklif qiladi va mamlakat moliya bozorini rivojlantirishda yetakchilik qilishda davom etadi”.

Stanislav Skvirskiy, CEO payme:

“Men uchun butun Oʻzbekiston boʻylab millionlab odamlarning ishonchini qozongan kompaniyani boshqarish katta sharafdir. paymeda barcha qilayotgan ishlarimiz markazida mijozlarimiz turadi. Jamoamiz bilan birgalikda moliyaviy xizmatlarni yanada osonlashtirish, ularni har bir foydalanuvchi uchun qulayroq, tushunarliroq va yaqinroq qilish ustida ishlashda davom etamiz. Oʻzbekiston ulkan raqamli salohiyatga ega va ishonamizki, eng qiziqarli voqealar hali oldinda”.

Stanislav Toshkentda tugʻilib oʻsgan. Uning mutaxassisligi yangi mahsulotlar ishlab chiqish va ishga tushirish, bozor talablariga moslashtirish hamda biznes jarayonlarini kengaytirishga qaratilgan. U deyarli yigirma yillik ish tajribasini xorijda, jumladan GE Money Bank (General Electric) va Skybonds moliyaviy texnologiya xizmatida orttirgan.