Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

payme “Toʻlovlar monitoringi” xizmatini yanada qulay qildi

“Toʻlovlar monitoringi” endi payme plus obunasi ichida. Bu degani, barcha kerakli xizmatlardan bir joyda va ortiqcha xarajatlarsiz foydalanish mumkin.

Avval monitoring uchun oyiga 2000 soʻm toʻlanar edi. Endi u payme plus obunasining “Bazaviy” tarifiga kiritildi. Tarif narxi oyiga 4990 soʻm. Bu shunchaki “monitoring” emas, balki pullarni qulay nazorat qilish uchun foydali vositalar toʻplami.

Tarifga nimalar kiradi?

  • Barcha tranzaksiyalar nazorati bitta joyda: kirim-chiqimlar, cheklar va oʻtkazmalar jonli vaqt rejimida koʻrsatiladi. Barcha harajatlarni toifalarga boʻlib kuzatish va kerak boʻlsa hisobotlarni yuklab olish mumkin.
  • “Yandeks Plyus” xizmatiga 60 kunlik bepul obuna: kino, musiqa, keshbek va chegirmalar — barchasi qoʻshimcha toʻlovlarsiz.

Nimasi bilan qulay?

“Toʻlovlar monitoringi” xizmati yangi bosqichga chiqdi. Endi u bitta funksiya emas, balki pullarni boshqarishga samarali yordam beradigan tayyor yechimlar toʻplami.

Oʻtish jarayoni qanday boʻladi?

Yangilanish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va 2025 yil 15 maydan kuchga kiradi. Yangi shartlar boʻyicha birinchi toʻlovdan kamida 15 kun oldin foydalanuvchilar push xabarnoma orqali ogohlantiriladi. Hammasi ochiq va shaffof.

Obunani qanday boshqarish mumkin?

Agar obuna boshqa kerak boʻlmasa, uni bir necha daqiqa ichida oʻchirish mumkin: ilovadagi “Servislar” — payme plus boʻlimi orqali.

Batafsil maʼlumot payme saytida yoki qoʻllab-quvvatlash chati va 1350 raqami orqali.